Uchrashuv davomida vazir Baxtiyor Saidov Turkiya rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanib borayotganini qayd etdilar. Ta’kidlanganidek, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida qaror topgan birodarlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.