Ishonch yorliqlari nusxasini topshirish marosimidan soʻng Vazir Elchini Oʻzbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabriklab, yuksak va masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda Oʻzbekiston-Janubiy Koreya maxsus strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi va Oʻzbekistonda koreys diasporasi tashkil topganining 85 yilligini nishonlash boʻyicha “Oʻzaro almashinuv yili” doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.