Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkmaniston yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Y.Mammedov Oʻzbekiston tomoniga Elchixona faoliyatini barcha yoʻnalishlarida qoʻllab-quvvatlayotgani, jumladan, Turkmanistonga turli darajadagi tashriflarni tashkil etish borasida doimiy yordam uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, gumanitar va boshqa sohalarda istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhimligini taʼkidladilar.
Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.