Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda boʻlajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat Prezidentlarining shaxsiy aloqalari, ochiq va ishonchli muloqoti, qatʼiy siyosiy irodasi tufayli soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladilar.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi va madaniyat sohalaridagi ikki tomonlama munosabatlarni jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.