Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va TIKA oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va Agentlikning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda 1993-2023-yillar davomida TIKA tomonidan turli sohalarda umumiy qiymati 60 million dollarga teng 900 dan ortiq loyiha va dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi qayd etildi. Joriy yilda yana 13 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun taʼlim tizimini takomillashtirish va tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.