Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Elchini ushbu yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi hamda unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlarning xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda BMT va YXHT doirasidagi o‘zaro munosabatlari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, tomonlarning ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, birgalikda iqtisodiy va investitsiyaviy sohaga oid tadbirlarni o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston-Serbiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy asosini shakllantirish va kengaytirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Tomonlar madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish tarafdorlari bo‘lishdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.