Oʻzbekiston TIV Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumi yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

    Bu haqda TIV matbuot xizmat xabar berdi.

    "Bir necha insonlarning qurbon boʻlishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz.

    Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib boʻlmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qoʻpol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz", deyiladi bayonotda.