Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston fuqarolariga jiddiy ogohlantirish bilan murojaat qildi

    Dolzarb 12 Yanvar 2023 1558

    O'zbekiston fuqarolariga ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar Qozog'iston hududi bo'ylab avtotransport vositalari va avtobus qatnovi orqali harakatlanishdan voz kechishlari tavsiya qilinmoqda. 

    O'zbekiston Respublikasining Qozog'iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari ma'lumotlariga ko'ra, ushbu mamlakatning barcha hududlarida noqulay ob-havo kuzatilayotgani bois avtotrassalarda kuchli sovuq tufayli qiyin vaziyatga tushib qolayotgan fuqarolardan murojaatlar tez-tez kelib tushmoqda, deyiladi murojaat matnida.

    Diplomatik vakolatxonalarimiz Qozog'iston Respublikasidagi vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakat tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo'lib turgani, fuqarolarga zarur konsullik, huquqiy va amaliy yordam ko'rsatilayotgani qayd etilgan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O'zbekiston fuqarolariga ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar Qozog'iston hududi bo'ylab avtotransport vositalari va avtobus qatnovi orqali harakatlanishdan voz kechishlari tavsiya qilinmoqda.

    Qozog'istonda bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari Ostona shahridagi mamlakatimiz elchixonasiga (+717 2954252), Olma-ota (+7273902616) va Aktau (+77292777117) shaharlaridagi Bosh konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin.