Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
- Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Nizom (1) quyidagilarni belgilaydi:
- tashqi koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash;
- tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish va donorlar bilan hamkorlik dasturlariga qoʻshimcha loyihalarini ishlab chiqish;
- monitoring qilish va bitimlar loyihalarini ishlab chiqish;
- tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini moddiy-teхnik qoʻllab-quvvatlash;
- Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyatini tashkil etish tartibi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi grantlar hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish, dastlabki tanlash va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirish, tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini hisobga olish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish, Oʻzbekistonning donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklangan vakolatli organdir.
Belgilanishicha, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, loyihalar tashabbuskorlari sifatida, ularni tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish va donor bilan hamkorlik dasturlari kiritish yoʻli bilan bir loyiha boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan oshmaydigan grantlarni jalb etadi.
“Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini elektron tarzda kelishish, monitoring qilish va hisobga olish” aхborot tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:
- Dasturlarni shakllantirish, kelishish va hisobga olish jarayonlarini raqamlashtirish;
- muddatlarga rioya qilish va tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari koʻrsatkichlariga erishishni monitoring qilish;
- jalb qilingan va oʻzlashtirilgan grantlarning hajmi va yoʻnalishlari, donorlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida ishonchli va hamma uchun ochiq ma’lumotlar va ular bilan bogʻliq boshqa ma’lumotlarni shakllantirish;
- loyihalar tashabbuskorlariga tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini jalb qilish va samarali amalga oshirish, loyihalar pasportlari va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha, shuningdek donorlarga - grantlar ajratish yoʻnalishlari va geografiyasi toʻgʻrisida maslahatlar berish.