Tashrif xayrli ishdan boshlandi

    Saylov 12 Oktabr 2021 2572

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

    Qur’on tilovat etilib, Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.

    Ulamolar bilan suhbatda ilmning ahamiyati, yoshlar tarbiyasi haqida so‘z bordi.

    - Buxoro azaldan ilm, ma’naviyat markazi. Qadimda bu yerda 30 dan ortiq oliy madrasa bo‘lgan. Hech qayerdan buncha ko‘p ulamo chiqmagan. Bugun ham yoshlar tarbiyasida, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda Buxoroning o‘z o‘rni bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlatimiz rahbari ziyoratgohlarni va ularga olib boradigan yo‘llarni obod qilish, ichki turizmni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

    - Ziyorat xalqimizning ajdodlarga bo‘lgan hurmatini, yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning uchun bu yerga boshqa hududlardan yangi yo‘nalishlar ochib, yoshlarni olib kelish, bilimini oshirish muhim, - dedi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev bugun hudud rivoji bilan tanishadi, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida buxorolik saylovchilar bilan uchrashadi.