баннер
14 Mar 2025
11:33

    “Tata Steel Chess-2025”: Bugun Nodirbek Abdusattorov Giri bilan revansh jangini oʻtkazadi

    Shu yilning 25-yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha davom etayotgan anʼanaviy “Tata Steel Chess-2025” turnirining 7-tur bahslari boʻlib oʻtadi.

    Bugun oʻtkaziladigan navbatdagi turda Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Anish Giri bilan roʻbaroʻ keladi.

    Ushbu shaxmatchilarning mazkur turnirdagi avvalgi koʻrsatkichlariga eʼtibor qaratsak, aynan 2024-yilgi “Tata Steel Chess” turnirida Abdusattorov oq donalarda Girini 7-turda magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa-da niderlandiyalik shaxmatchi keyingi turlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki tufayli turnirni 3-oʻrinda, Nodirbek 4-oʻrinda yakunlagan edi. 2023-yilgi turnirda Giri gʻoliblikni tantana qilgan. Ammo 11-turda oq donalarda boʻlishiga qaramasdan Nodirbek bilan durangga erishgan.

    Bu gal Anish Giri oq, Nodirbek Abdusattorov qora donalarda harakatlanishi uchrashuv qaysidir maʼnoda revansh jangi koʻrinishini olishini anglatmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech