Uchrashuvda transport mashinasozligini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Xususan, o‘zaro hamkorlikda elektropoezdlar, yo‘lovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur lokalizatsiya qilish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.