Delegatsiya tarkibida Tataristonning 25 dan ziyod, xususan, “KaMAZ”, “Tatneft”, “PO YelAZ”, “KMPO”, “Kazanskiy vertoletnыy zavod”, “Sollers Ford”, “UK “KER-Xolding” kompaniyalari vakillari boʻlishi kutilmoqda, deyiladi prtuz.tatarstan.ru saytida.

R. N. Minnixanov tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati bilan uchrashadi. Unda respublikalar oʻrtasida turli sohalar boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Tatariston Respublikasining sanoat salohiyatiga oid koʻrgazmalar, tatar-oʻzbek biznes-forumi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan tatar diasporasi vakillari bilan uchrashuvlar ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.