Tataristonning 25 dan ortiq turli korxonasi, jumladan, “KaMAZ”, “Tatneft”, “PO YelAZ”, “KMPO”, “Qozon vertolyot zavodi”, “Sollers Ford”, “KER-Xolding” va boshqa kompaniyalari vakillari ushbu delegatsiya tarkibidan joy oldi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad ishlab chiqarish korxonalari salohiyati, tayyorlanayotgan sanoat mahsulotlari va maishiy texnika turlari bilan tanishish bilan izohlanadi.
Mahsulotlarning barcha turlari namoyish etilayotgan koʻrgazma zalida yuqori martabali mehmon “TEXNOPARK” MCHJdagi barcha 17 loyiha haqidagi batafsil maʼlumotlar bilan tanishdi. Tatariston delegatsiyasi, shuningdek, SAMSUNG brendi ostida ishlab chiqarilgan muzlatgichlar va kir yuvish mashinalarining ishlab chiqarish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, mehmonlarga eng zamonaviy yuqori aniqlikdagi sinov uskunalari bilan jihozlangan laboratoriya ham namoyish etildi.
Tatariston Prezidenti “TEXNOPARK” MCHJning sanoat salohiyatini yuqori baholadi.
Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonovning Oʻzbekistonga tashrifi dasturidan Tataristonning sanoat salohiyati koʻrgazmasi, biznes-forum va boshqa tadbirlar joy olgan.