Xabaringiz bor, shu yilning 5-oktyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga boʻlgan rasmiy tashrifi chogʻida Qozon shahrida Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashgandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining axborot xizmati ma'lum qildi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari Tatariston Respublikasi rahbari bilan muhim yoʻnalishlarda hamkorlikning qoʻshma “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirishga kelishib olgandi.
Mazkur “yoʻl xaritalari”da kelishilgan masalalar ijrosini taʼminlash maqsadida Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi bugun, 7-noyabr kuni Qoraqalpogʻistonga xizmat safari bilan keldi.
Delegatsiyani Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi boshligʻi Amanbay Oʻrinboyev kutib oldi.
7-noyabr kүni Tatariston delegatsiyasi Qoraqalpogʻistondagi qator zavodlarga tashrif buyuradi hamda Qoraqalpogʻiston rahbarlari bilan barcha viloyatlarda qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi.