Tataristonda Yangi O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati taqdim etildi

    Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsuli F.Nasriyev tomonidan Tatariston Yosh diplomatlar akademiyasida “Youth Ambassadors/Molodiye diplomati” Respublika tanlovi doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.

    Bosh konsul Yangi O‘zbekistonning boy turizm imkoniyatlari bilan bilan birga respublikamizdagi rivojlangan sayyohlik infratuzilmasiga ham alohida eʼtibor qaratdi.

    O‘zbekistonlik diplomat tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga ham javob berdi. Tanlov ishtirokchilari diplomatiya sohasiga doir, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi va uning hududlari bilan munosabatlari, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi faoliyati, shuningdek, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid savollar bilan murojaat qilishdi.

    Maʼlumot o‘rnida qayd etish joizki, Yosh diplomatlar akademiyasi – xalqaro hamkorlik sohasidagi yoshlar va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘lib, faoliyati Tatariston Respublikasi yoshlarining jahon hamjamiyati bilan ko‘p tomonlama hamkorligini, yoshlarning xalqaro hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.