Fuqaro B.T. tanishlari orqali fuqaro Sh.ning ukasi va jiyaniga Qozogʻiston Respublikasidagi institutlarning birida 2020-yilning sentyabr oyidan oʻqiyotgani toʻgʻrisida hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 4 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi, deya xabar beradi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.
Uning koʻrsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlovchi M. fuqaro B.T.dan 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborilgan.