TATU va “Oʻzbekkosmos” agentligi hamkorligida loyihalar amalga oshiriladi

    Fan 15 Iyul 2021 865

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzbekkosmos” agentligi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Tashrif chogʻida iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish shuningdek, ilmiy-texnik, moddiy imkoniyatlar va kadrlar salohiyatidan toʻlaroq foydalanish maqsadida, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan olingan maʼlumotlarni qayta ishlash, ulardan foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida birgalikda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish, kosmik texnologiyalar va uchuvchisiz uchish vositalari yordamida aero fotografiyasini amalga oshirish, uning natijalaridan foydalanishni taʼminlovchi musobaqalar va maqsadli dasturlar, ishlab chiqarish, TATU bazasida kosmos sohasida kompetentlik markazini ochish, Oʻzbek kosmosi ilmiy laboratoriyasini ochish, ushbu sohaga yosh kadrlarni jalb etish boʻyicha seminar-trening tashkil etilishi kabi loyihalar yuzasidan fikr almashinildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.