Natijada “J.X.” ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini oʻzining yaqin tanishlari orasida targʻib qila boshlaydi.

Shuningdek, u jangarilar safiga qoʻshilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi boʻlgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.