Hozirda Taxiatosh tumanida Surxon vohasi tadbirkorlari, bank rahbarlari va mutasaddilardan iborat viloyat shtabi tuzilgan boʻlib, mahalliy mutasaddilar bilan birga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlar olib bormoqda.
Shu ishlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov boshchiligida hokimlik masʼullari, korxona va tashkilotlar rahbarlari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Delegatsiyani Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamalov va Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev boshchiligida masʼullar kutib oldi.
Delegatsiya aʼzolari ayni paytda Taxiatosh tumanida tashkil etilgan “Yoshlar bogʻi” faoliyati bilan tanishmoqda.