«Taxtaqoracha« dovoni vaqtincha yopiladi

    Bugun, 5-dekabr kuni soat 09:00 dan “Taxtaqoracha” dovonida amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkaziladi.

    Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi “Taxtaqoracha” dovonida favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida maxsus oʻquv mashgʻuloti oʻtkazilmoqda. Unda tosh qulashi ehtimolini kamaytirish va xavfsizlikni taʼminlash uchun yirik toshlar xavfsiz tushiriladi.

    Haydovchilardan tashkil etilgan chora-tadbirlarni toʻgʻri tushunushlari, tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilishlari soʻraldi.