“Taxtaqoracha“ dovonida “Cobalt” ustiga tosh qulab tushdi

    Hozirda “Taxtaqoracha“ dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

    Qayd etilishicha,

    shu yilning 6-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan oʻtgan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi M-39 avtomobil yoʻlining 1138-kilometrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa sababli “Taxtaqoracha“ dovonida transportlar harakati vaqtincha toʻxtatildi.
    Maʼlumotlarga koʻra, toshning togʻ tepaligidan sirpanib tushishi oqibatida mashinadagi 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

    Dovonining qayta ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.