Hindiston fuqarosi, 21 yoshli Abilash Annaduri mamlakatdan olib chiqib ketishga uringan cho‘l oq tulkisi, yenot, 2 ta iguana, 2 ta oq piton, 3 ta echkemar, 8 ta maymunning har biri alohida plastik qutilarga joylangan.
Hayvonlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bayonotda barcha hayvonlarning sog‘lig‘i yaxshi ekani ma’lum qilingan.
Hayvonlarga mikrochip o‘rnatilmagani bois, Tayland Milliy bog‘lar departamenti (DNP) hayvonlarning qayerdan tutilganini aniqlay olmagan. Biroq ularning barchasi Taylanddan tashqarida sotib olingani qayd etilgan. Mamlakat hayvon kontrabandachilari uchun tranzit markaz hisoblanadi. Ko‘pincha hayvonlar Tayland orqali Xitoy va Vetnamga olib ketiladi, ammo so‘nggi paytlarda hayvonlarni Hindistonga tashish holatlari ham tez-tez uchramoqda.