Tayson jangga tayyor emasmi?

    “The Ring” xabariga koʻra, 12-sentyabrga belgilangan jang, oʻzaro kelishuvga koʻra, 2020-yilning 28-noyabriga koʻchirildi.

    Ogʻir vazn boʻyicha jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson va toʻrt vaznda sobiq jahon chempioni Roy Jons (Kichik) oʻrtasidagi jang muddati boshqa sanaga koʻchirildi.

    Axborot manbasiga koʻra, jangni kech kuzga surish taklifi Tayson jamoasidan chiqqan: shunday qilinsa, koʻproq daromad olinarkan. Tashabbus Jons jamoasiga ham maʼqul kelib, taklifni qabul qilgan.