Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" Mono markazida "Zo'ravonlikka qarshi kurash 16 kun" doirasida tadbir dasturi o'tkazildi.
Unda, Buxoro viloyat prokuraturasi xodimlarii, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mutaxassislari ishtirok etdi.
So'zga chiqqanlar, oiladagi zo'ravonlik, gender tengiligi va reproduktiv salomatlik mavzularida mulohazali, mushohadali qizg'in fikrlarini bildirdilar. SHu bilan birga, mamlakatimizda so'nggi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularga yangi ish o'rinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi va bu masala davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylangani ta'kidlandi.
SHundan so'ng so'zga viloyat prokuraturasi xodimi M.Aslanov so'zga chiqib, ayollarga nisbatan zo'ravonlik miqdori bo'yicha statistik ma'lumotlar tashvish tug'dirmasligi mumkin emasligi va ayollarga nisbatan zo'ravonlik – inson huquqlarining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biri bo'lib bunga barham berish kerakligini, qayd etib o'tdi.
Navbatdagi mavzu ,Xalq qabulxonasiga zo'ravonlik borasida kelib tushgan murojaatlar xususida bo'ldi.
Murojaatlarning tasnifi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mutaxassi yoritdi.
- Mazkur tadbirni o'tkazishimizdan ko'zlangan asosiy maqsad, xotin-qizlarga nisbatan gender zo'ravonlik hodisalari va tazyiqlar yuzaga kelganida bu holatlarga tegishli huquqiy baho berish, zo'ravonlarga nisbatan qonuniy jazo choralarini ko'rish va jabrlanuvchilarning huquq-manfaatlari hamda xavfsizligini himoya qilish, gender notenglikning turli xil ko'rinishlariga qarshi kurashishda qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlarga beminnat yordam ko'rsatib kelayotgan markazlar faoliyati haqida ma'lumot berishdan iboratdir, – deydi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi I.Tashev.
Tadbir doirasida ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari, mavzuga oid o'zlari chizgan rasmlari bilan ishtirok etdilar. O'quvchilarning ijod namunlari yuqori baholanib ularning barchasiga faxriy yorliq va esdalik sog'alari topshirildi.
Gulichehra DURDIEVA,
"YAngi O'zbekiston" muxbiri