Suhbat avvalida Y.Binalini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, V.Norov unga yuksak va masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi. Joriy yilning 9-11-fevral kunlari Istanbulda boʻlib oʻtgan Oqsoqollar kengashi yigʻilishining samarali natijalarini qayd etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va TDK oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, turli darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.

Shu nuqtayi nazardan, Kengash faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.