Mazkur ustuvor vazifalarni roʻyobga chiqarishda TDTU Olmaliq filiali ham oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Xususan, filial Olmaliq shahridagi kasb-hunar maktabi oʻquvchilarining ingliz tili faniga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularga chuqurlashtirilgan dastur asosida taʼlim berilishini taʼminlash borasida koʻmak koʻrsatib kelmoqda.

Dastlab, Kasb-hunar maktabi rahbariyati bilan hamkorlikda oʻquvchilar uchun zarur oʻquv qoʻllanmalari xususida kelishib olindi.

Soʻng, filialning Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari haftaning ikki kunida mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyildi.

Avvalo guruhdagi oʻquvchilarning ingliz tilini bilish darajasi aniqlab olindi. Tegishli dastur asosida mashgʻulotlar boshlandi.