Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil may oyini respublika oliy va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi-yurt himoyachisi“ shiori ostida “Sport oyligi“ deb eʼlon qilingan.

Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son farmoni –“Sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish toʻgʻrisida“gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida ham sport oyligi oʻtkazilmoqda. Sport oyligi davomida yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari, bellashuvlar, sport festivallari va boshqa turli tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Mazkur musobaqalarda filialda tahsil olayotgan kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakli talabalari qamrab olinmoqda. Mana bugun filial talabalari oʻrtasida shaxmat, shashka, badminton, voleybol musobaqalari tashkil etildi.

Barcha musobaqalarda faol ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalarga filialning “Turon“ sport klubi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar taqdim etiladi.

Mazkur oylik yoshlarimizni jismonan baquvvat, maʼnan barkamol va yurtga sadoqatli avlod sifatida kamol topishiga xizmat qiladi.


Hamkorlik materiali