Unda respublikamizdagi texnika oliy taʼlim muassasalarining mashinasozlik yoʻnalishi mutaxassislari, yetakchi olimlari hamda Rossiya Federasiyasi, Turkiya Respublikasi, Hindiston Respublikasidan soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiya mavzusi boʻyicha 200 dan ortiq maqolalarni jamlagan ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami nashr etildi. Anjuman yalpi majlisida xorijiy mutaxassislardan “KvantorForm“ MCHJ sotuv boʻlimi direktori, texnika fanlari nomzodi Yu.Gladkov, Necmettin Erbakan University professori Oʻ.M.Ihsan, Irkutsk tadqiqot milliy texnik universiteti aspiranti Alesya-Mariya Martinenko onlayn maʼruza bilan ishtirok etdi.
Soha yoʻnalishi boʻyicha ish olib borgan oltita shubalarda mashinasozlikning zamonaviy yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha maʼruzalar oʻqildi, fikrlar almashildi.
Hamkorlik materiali