TDYU va Osiyo xalqaro arbitraj markazi (AIAC) oʻrtasida anglashuv memorandum imzolandi

    Ta'lim 6 Fevral 2025 774

    Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., professor Islambek Rustambekov Birinchi Oʻzbekiston-Malayziya taʼlim forumida ishtirok etish uchun Kuala-Lumpur shahriga tashrif buyurgan edi.

    Bugun professor Islambek Rustambekov Osiyo xalqaro arbitraj markazi vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda TDYU va Osiyo xalqaro arbitraj markazi oʻrtasida ADR, jumladan arbitraj, Islom arbitraji, sport arbitraji, mediatsiya yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilish, TDYU talabalari uchun turli taʼlim va amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish, birgalikda turli konferensiya, davra suhbati va boshqa tadbirlarni tashkil etish borasida fikr almashildi.

    Muzokaralar yakunida ikki muassasa oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolanadi.

    Tashrif doirasida Islambek Rustambekov Osiyo xalqaro arbitraj markazi faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, markaz kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.