TDYU Times Higher Education tomonidan O‘zbekistonning yetakchi 10 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxatiga kiritildi

    Ta'lim 6 Sentabr 2021 3580

    Times Higher Education tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari reytingi e’lon qilindi.

    Joriy yilgi reytinga oldingi reytinglardan farqli o‘laroq ilk bor reporter maqomiga ega bo‘lgan 450 ta ta’lim muassasasi ham kiritildi. Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti yurtimiz oliy ta'lim muassasalari orasida kuchli o‘ntalikka kiritildi.

    *Reporter maqomi reytingga kirish uchun faol ishlari bilan Times Higher Education tashkiloti e’tirofiga sazovor bo‘lgan ta’lim muassasalariga beriladi.

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi