Tehron kechalari suvdan uzilishi mumkin

    Tehronda tunda suv o'chirilishi mumkin. Poytaxt o'nlab yillardagi eng yomon suv tanqisligini boshdan kechirmoqda, suv omborlari sathi tarixiy eng past ko'rsatkichga yetdi.

    Bu haqda Euronews xabar berdi.

    Eron energetika vaziri suv inqirozi kuchayib borayotgan bir paytda Tehron rasmiylari ba'zan kechalari suv bosimini nolga tushirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Prezident Mas'ud Pezeshkiyon poytaxtni ta'minlaydigan suv omborlari 60 yil ichidagi eng past darajaga tushib qolganini, ba'zilarida esa suv 10 foizidan ham tushib ketganini ta'kidladi.

    To'qqiz milliondan ortiq aholiga ega Tehron ketma-ket oltinchi yil qurg'oqchilikni boshdan kechirmoqda, bu ichimlik suvi ta'minoti va GESda elektr energiyasi ishlab chiqarishga tahdid solmoqda, deb xabar berdi tengrinews.kz.