Dastlab, Oʻzbekiston tomoni mamlakatimiz delegatsiyasiga koʻrsatilayotgan mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoʻllagan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat Rahbarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli oʻzaro hamkorlik keng qamrovli munosabatlar darajasiga koʻtarilgani, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi mintaqa barqarorligi uchun ham muhim ekani alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yoʻnalishi boʻlgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamda madaniy-gumanitar yoʻnalishlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Tehronga tashrif doirasida Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyiga ham tashrif buyurilib energetika, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, IT, qurilish singari sohalardagi ilgʻor mahsulot va ishlanmalar bilan tanishildi.
Shuning bilan Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Eronga tashrifi yakunlandi.