Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB maʼlum qilishicha, joriy yilning 4-yanvar kuni Yunusobod tumanida joylashgan “Brend rows” nomli savdo doʻkoni erkaklar uchun 300 dona qishki paltoni tekinga tarqatilishini ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilgan.
Koʻplab fuqarolarning ushbu doʻkonga tashrif buyurishi oqibatida tartibsizliklar yuzaga kelgan. Shu hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari aralashuvi bilan jamoat tartibi saqlanib, vaziyat nazoratga olingan, hech kim jarohatlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida, “Brend rows” nomli savdo doʻkoni rahbari 1999-yilda tugʻilgan S.I.gan MJtKning 200-1-moddasiga (ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish) asosan, ushbu doʻkonning 9 nafar ishchilariga MJtKning 194-moddasiga (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan S.I.ga BHMning 15 baravari (5,1 mln soʻmdan) miqdorida, 9 nafar fuqarolarga BHMning 10 baravari (1,7 mln soʻmdan) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.