Hozirgina -66 kg vazndagi dzyudochimiz Sardor Nurillayev ham musobaqaning chorak final bosqichiga yoʻl oldi. U portugaliyalik Joao Krisostomoni taslim etishni uddaladi. Joao sust harakat qilgani sababli referi bellashuv davomida uni uch bor ogohlantirdi. Yaʼni, shido baholari tufayli Nurillayev keyinga bosqichga chiqdi.

Bu bilan Nurillayev ham, Tilovov ham kamida 260 reyting ochkosini naqd qildi. Ularning har ikkisi ham kamida bronza medali yoʻlidagi kurashda qatnashish huquqini qoʻlga kiritishdi. Sardorning chorak finaldagi raqibi belaruslik Dmitriy Minkov boʻladi.

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati