Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasidan maʼlum qilishlaricha, unda Oʻzbekiston terma jamoasidan faqatgina Gulnoza Matniyazova (-70 kg) ishtirok etadi.

Murabbiylar shtabi erkaklar va ayollar terma jamoalarini 3-5-mart kunlari poytaxtimizda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga tayyorlamoqda. Shu bois, asosiy eʼtibor yurtimizda oʻtadigan musobaqaga qaratilgan.

Isroil mezbonlik qiladigan turnirda 56 mamlakatdan 400 nafardan ortiq sportchi qatnashishi kutilmoqda. Oʻz vazn toifasida gʻalaba qozongan dzyudochi jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yoʻlida esa 500 ochkoga ega boʻladi.