Isroilning "Unipharm" dori vositalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyasi rahbariyati vakili Limor Dori Alon hamda kompaniya koordinatori Mariya Taneev o'zbekistonlik biznes vakillarni qarshilash chog'ida "Unipharm" tarixi, uning mahsuloti va yillik quvvati bilan tanishtirdi.
Ta'kidlab o'tish joiz, mazkur forum O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Bu haqida Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda.