Fuqaroning aytishicha, u shahardagi savdo doʻkonidan 3 048 000 soʻmga RedMi Note 8 rusumli qoʻl telefoni xarid qilgan, ammo hozir nosoz ahvolga kelib qolgan. Uning tadbirkorga qilgan murojaatlari eʼtiborsiz qoldirilib, bugungi kungacha nosoz telefoni taʼmirlab berilmagan.
Ushbu murojaat Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, doʻkon xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi. Isteʼmolchi 3 048 000 soʻmga xarid qilgan telefonning kamchiliklari toʻliq bartaraf etildi.
Shofirkon tumani “Shodlik” MFYda yashovchi I.M. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Shofirkon tumani jamiyatiga murojaat qilib, tuman gaz taʼminoti xodimlari 512 000 soʻm noreal qarzdorlik hisoblaganini maʼlum qildi.
Ushbu murojaat Shofirkon tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari va tuman gaz teʼminoti xodimi I.Sobirov hamrohligida joyiga chiqib oʻrganildi. Jarayonda tabiiy gaz toʻlovi maxsus dasturdagi maʼlumotlar bilan solishtirganda isteʼmolchining shu yil 1-iyun holatiga koʻra tabiiy gazdan qarzdor emasligi, aksincha 44 455 soʻm ortiqcha toʻlovi mavjudligi aniqlandi.
Nosoz telefon bilan bogʻliq muammolar juda koʻp. Buni federatsiyaga kelib tushayotgan murojaatlardan ham koʻrish mumkin. Jondor tumani “Qaroli” MFYda yashovchi T.I. shu yilning 30-may kuni VIVO texnika savdo doʻkonidan 1 950 000 soʻmga Note 11 rusumli qoʻl telefoni xarid qilgan, ammo telefoni nosoz chiqqan. Tadbirkorga qilgan murojaati asossiz rad etilgach, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Jondor tumani jamiyatiga murojaat qiladi.
Ushbu murojaat Jondor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib, VIVO texnika savdo doʻkoni xodimlariga tushuntirish ishlari olib bordi. Muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi, nosoz telefonni tadbirkor qaytarib olib, isteʼmolchining 1 950 000 soʻmini qaytarib berildi, deyiladi Buxoro viloyati isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati axborot xizmati xabarida.