Yangi bloklashlarning bu darajasi 23-yanvardan beri eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi, o'shanda moderatorlar 300 840 ta resursni bloklashgandi.

Yil boshidan beri Telegram 7,2 milliondan ortiq guruh va kanallarni blokladi.

2025-yil dekabr oyi boshiga kelib, Telegram qariyb 40 million guruh va kanalni blokladi, ulardan 894 324 tasida bolalarga nisbatan zo'ravonlik materiallari mavjud edi.

Telegramning ta'kidlashicha, 2015-yildan beri moderatsiya foydalanuvchilarning shikoyatlari va mashinani o'rganishga asoslangan “proaktiv monitoring”ni o'z ichiga olgan va 2024-yil boshida bu sa'y-harakatlar sun'iy intellektga asoslangan moderatsiya vositalari bilan to'ldirilgan, deb xabar berdi 24.kg.