Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 22 yoshli Yo.A. sodir etganligi aniqlangan. Unga koʻra, Yo.A., A.F. bilan “telegram messenjerida tanishib, A.F. oʻzining qizi uchun buyurtma qilgan kiyimlarni yetkazib berishni vaʼda qilgan va oldindan plastik kartasiga 3.000.000 miqdoridagi pullarni oʻtkazib olib yozishmalarni oʻchirib yuborgan va uni qora roʻyxatga kirgazib qoʻyganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Yo.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.