Uchrashuv davomida tomonlar qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari, telekommunikatsiya bozorining raqobatbardoshligini oshirish hamda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar tashabbuslarni hayotga tatbiq etish va texnologik hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan faol muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.








