Adham Ikromov, Savdo-sanoat palatasi raisi:
- Odamga munosib ish kerak, munosib oylik maosh kerak. Viloyatning salohiyati, sanoatni rivojlantirish, barcha qishloq xo'jaligi, agrosanoatni rivojlantirishi, hunarmandchilik, kichik biznesni rivojlantirishda Farg'onaning tajribasi katta bo'ladi. Biz o'zimiz tadbirkorlikni rivojlantirish kambag'allikni qisqartirishdagi ahamiyatini guvohi bo'lib turibmiz.
- “Temir daftar” tushunchasi bu karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro'yhati. SHu “temir daftar”ning ichiga ishga yoki yordamga muhtoj oilalarning barchasi kiritildi. Farg'ona viloyatidan 43 mingdan ortiq oila mazkur ro'yhatga kiritilgan.
- ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning ro'yhatini shakllantirishda Xitoy tajribasini o'rganilgan. Mazkur tajribadan kelib chiqib odamlarni ish bilan ta'minlash, sog'liqni saqlash tizimini yaratib berish, o'qitish va uy-joyini ta'mirlash davlat dasturi shakllantirilgan.