“Temir daftar” va “Ayollar daftar”iga kiritilgan oilalarga issiqxonalar qurilib beriladi

    Ijtimoiy hayot 25 Iyun 2021 1240

    Joriy yilning 25-iyun kuni Oltiariq tumani hokimligining “Temir daftar” va “Ayollar daftar”lariga kiritilgan 15 ta oila vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuvda har bir oila tomorqasiga qurilishi rejalashtirilayotgan 3 sotixdan issiqxonalar boʻyicha Fargʻona viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan maʼlumot berildi.

    Avvalroq, Oltiariq tumani hokimligi tomonidan taqdim etilgan 30 ta xonadon va tomorqa holatlari manzilli oʻrganib chiqilgan. 30 ta xonadon roʻyxatidan ahvoli eng ogʻir boʻlgan 15 ta oila tanlanib olindi.

    Mazkur xonadonlar turli sabablarga koʻra “Temir va Ayollar daftari”ga kiritilgan: oila boquvchisidan ayrilgan, oila aʼzosi qattiq kasal boʻlib nogironlikka uchragan va boshqa sabablar.

    Issiqxonalar joriy yilning 31-avgust sanasiga qadar bitkazilib, foydalanishga topshirilishi belgilandi.