Payariq tuman hokimligida oʻtkazilgan tadbirda “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning istak va talablaridan kelib chiqib, ularning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Payariq tuman boʻlinmasi qoshidagi tashkil qilingan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tumandagi 30 nafar “Temir daftar”dagi fuqarolarning
11 nafariga 19 195 000 soʻmlik tikuv mashinasi, 18 nafariga 7 020 000 soʻmlik pishiq pechlari hamda 1 nafar fuqaroga 1 040 000 soʻmlik payvandlash uskunasi olib berish orqali ularning bandligi taʼminlandi.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunga qadar Payariq tumanida 3 694 ta oila “Temir daftar”ga roʻyxatga kiritilgan boʻlib, bugungi kunga kelib ularning 3 589 tasiga amaliy va begʻaraz yordam berish orqali ushbu roʻyxatdan chiqarildi.

- Bizga berilgan bunday eʼtibor va begʻaraz yordamlardan maqsadli foydalangan holda oilaviy sharoitimizni yaxshilash hamda keyinchalik kambagʻallikdan chiqishimiz uchun yaxshi imkoniyatdir, – deydi “Temir daftar”dagi fuqarolardan biri I.Ravshanov.

Nodir Alimov,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

Samarqand viloyat boʻlim boshqaruvi

matbuot xizmati.