Mehnatga layoqatli, ammo ishsiz aʼzolari mavjud boʻlgan 100 nafardan oshiqroq oilalar bandligini taʼminlash maqsadida 66 million soʻmdan oshiqroq mablagʻ yoʻnaltirildi, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi boshligʻi Bahodir Tuxtasinov. — 481 nafar oilaga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida 455 million 732 ming soʻm pul mablagʻlari berildi. 146 nafardan oshiq fuqaroga esa 482 million 955 ming soʻm, kundalik isteʼmol tovarlarini xarid qilish uchun 188 nafar oilaga 59 million 872 ming soʻm, 852 nafar oilaga 712 million soʻmlik yordamlar koʻrsatildi. Bunday imkoniyatdan Oqoltinlik 590 nafar, Sirdaryolik 188 nafar, Shirinlik 137, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi 128 nafar, Sayxunobodlik 126 nafar, Yangiyerlik 11 nafar, Xovoslik 28 nafar fuqaro bahramand boʻldi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi qatlamining bandligini taʼminlash borasida Sektor rahbarlari va ularning ishchi guruhlari, tegishli tashkilotlar uyma-uy yurib mazkur roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlarni kirityapti. Daromad keladigan manbaga ega boʻlganlarni daftardan chiqarib, oʻrniga boshqa ishsiz, daromadsiz fuqarolarni kiritib, Xalq deputatlari kengashida muhokama qilinyapti, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi matbuot xizmati.