18-aprel kuni Navoiy viloyati IIB TXTB PPX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tungi reyd davomida “Binokor-Malik” temiryoʻl bekatlari oraligʻi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli (Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yoʻl stansiyasi)da haydovchi boʻlib ishlovchi T.Q. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “SPMS”ga tegishli boʻlgan “MAZ” yuk avtomashinasi yoqilgʻi bakidan 13 dona 20 litrli hajmdagi yelim idishlarga jami boʻlib 260 litr dizel yoqilgʻisini talon-toroj qilib, sotayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.