Yigʻilish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari А.Камилджанов va “Qazaqstan temir jolы” MK” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari Э.Койшибаев boshchiligida boʻlib oʻtdi.
Ushbu muzokaralar Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi davlat rahbarlarining 2024-yil 5-aprelda Xiva shahrida boʻlib oʻtgan ikki tomonlama uchrashuviga bagʻishlangan boʻlib, unda erishilgan kelishuvlarga asosan, Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida multimodal transport va terminal infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, qoʻshma korxona tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv natijasida tomonlar oʻrtasida yigʻilish Bayonnomasi imzolandi va unga koʻra yuqoridagi masalalarni atroflicha oʻrganib chiqish maqsadida Ishchi guruh tuzish kelishib olindi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.