Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida temir yoʻl transporti orqali 4,0 million yoʻlovchi tashilgan.

Yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,7 foizga kamaygan.

2021-yilning yanvar-iyun oylarida temir yoʻl transporti orqali 35,2 million tonna yuk tashilgan.

Yuk tashish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda oʻsish soʻrʼati 103,5 foizga teng boʻlgan.