8-noyabr soat 18:35da Xorazm viloyati IIB TXTBga, “Urganch” lokomotiv deposi navbatchisi telefon orqali “Bogʻot-Xazorasp” temir yoʻlining 357-km 3-toʻsiqda temir yoʻlning yonida nomaʼlum shaxs yotganligi sababli “Xiva-Urganch-Toshkent” yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdi shoshilinch toʻxtaganligi toʻgʻrisida xabar berdi.

Voqea joyiga chiqilganda, temir yoʻlning yonida Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, Pichoqchi qishlogʻida yashovchi, 39 yoshli shaxs mast holda uxlab qolganligi aniqlandi. Poyezd soat 18:29da toʻxtab, soat 18:45da oʻz yoʻnalishi boʻyicha harakatni davom ettirgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi.