Ushbu asar “Ko'ringan tog'ning uzog'i yo'q”, “Otangdan mol qolguncha, tol qolsin”, “Intilganga tole yor”, “Men ko'rgan va bilgan fodoyi insonlar” singari o'n beshta bo'limdan iborat. Kitobda ushbu yo'llar qurilishida zahmat chekib ishlagan chetsuvlik bul`dozerchi Muxtor Noraliev, avtogreyderchi Ahmad Qurbonov, no'g'ayqo'rg'onlik Ubaydulla Abdullaev, ertoshlik Ahmadali Jo'raev, angrenlik Karim egamov, toshkentlik Pirmuhammad Boymatov kabi yo'lsozlar haqida hikoya qilinadi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati